«xalqaro munosabatlar» tegli maqolalar


Dunyodagi qudratli markazlar endi ochiqchasiga bosim o‘tkazish yo‘liga o‘tmoqda — Shavkat Mirziyoyev
22 dekabr 2023, 12:27

Dunyodagi qudratli markazlar endi ochiqchasiga bosim o‘tkazish yo‘liga o‘tmoqda — Shavkat Mirziyoyev

“Ilgari manfaatlarini diplomatiya bilan himoya qilgan qudratli markazlar endi ochiqchasiga bosim o‘tkazish yo‘liga o‘tyapti. Bunday jarayon ta’siri mamlakatimizni ham chetlab o‘tmayapti”, — dedi Shavkat Mirziyoyev. Unga ko‘ra, bu vaziyatda “milliy manfaatlarga javob beradigan to‘g‘ri yo‘lni topish oson bo‘lmayapti”.

Foto: Ilhom Aliyev O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keldi
21 iyun 2022, 16:23

Foto: Ilhom Aliyev O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keldi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonga davlat tashrifini Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev nomidagi ko‘cha va xiyobonni ochishdan boshladi. Oliy martabali mehmonga prezident Shavkat Mirziyoyev hamrohlik qildi.

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi
9 iyun 2022, 17:54

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida bilan telefon orqali ikkitomonlama munosabatlarni muhokama qildi. Tomonlar Osaka shahrida o‘tkaziladigan «EKSPO-2025» butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekistonning ekspozitsiyasini tashkil etishga kelishib olishdi.

Tojikiston O‘zbekistonning kovid-sertifikatlarini rasman tan oldi
9 mart 2022, 10:30

Tojikiston O‘zbekistonning kovid-sertifikatlarini rasman tan oldi

15 martdan boshlab Tojikiston-O‘zbekiston davlat chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari faoliyati odatdagi ish rejimiga o‘tkazilmoqda. Tojikiston hukumati MDH davlatlari, shu jumladan O‘zbekiston tomonidan berilgan koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarni rasman tan olishni boshladi.

Shavkat Mirziyoyev 3−4 mart kunlari Pokistonda bo‘ladi
2 mart 2022, 18:50

Shavkat Mirziyoyev 3−4 mart kunlari Pokistonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3−4 mart kunlari Pokistonga davlat tashrifini amalga oshiradi. Ikkitomonlama muzokaralarda strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Xitoy davlat rahbarlari uchrashuvida qatnashdi
25 yanvar 2022, 19:37

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Xitoy davlat rahbarlari uchrashuvida qatnashdi

O‘zbekiston prezidenti Markaziy Osiyo va Xitoy davlat rahbarlari ishtirokidagi videoanjumanda ishtirok etdi. Shavkat Mirziyoyev tadbirda yangi iqtisodiy muloqot strategiyasini ishlab chiqishni, «Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston» temir yo‘lini qurishni joriy yildanoq boshlash g‘oyasini ilgari surdi. Davlat rahbari 2023 yilni «Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati va san’ati yili» deb e’lon qilishni taklif qildi.

«Tolibon» o‘zbek tili maqomi va O‘zbekiston xavfsizligi bo‘yicha aniq kafolat berdi — Abdulaziz Kamilov
7 oktabr 2021, 19:47

«Tolibon» o‘zbek tili maqomi va O‘zbekiston xavfsizligi bo‘yicha aniq kafolat berdi — Abdulaziz Kamilov

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Kobulga tashrifi davomida Afg‘onistonning muvaqqat hukumati mamlakat «zaminidan O‘zbekistonga qandaydir tahdid yoki xavf chiqishiga yo‘l qo‘ymasligi» bo‘yicha «kuchli va aniq kafolat» berganligini ma’lum qildi. Shuningdek, Kamilov o‘zbek tili va madaniyati «tolibon» hukumati davrida ham rivojlanishda davom etishini ta’kidladi. U yaqin orada Termizda ikkala davlatning ishchi guruhlari muzokaralari o‘tkazishini ham ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov nimalar haqida kelishishdi?
6 oktabr 2021, 11:41

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov nimalar haqida kelishishdi?

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning O‘zbekistonga tashrifi doirasida mamlakatlar avtomobillar va elektrotexnika yig‘ish hamda turizm sohasida klasterlar tuzish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvga erishishdi. Turkmaniston tomoni 300 mln dollarga o‘zbek tovarlarini xarid qilishni rejalashtirmoqda va «Turkmanboshi» dengiz porti infratuzilmasini taklif qilmoqda.

Gurbanguli Berdimuhamedov Toshkentga yetib keldi
4 oktabr 2021, 19:05

Gurbanguli Berdimuhamedov Toshkentga yetib keldi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov rasmiy tashrif bilan Toshkentga yetib keldi. Aeroportda uni prezident Shavkat Mirziyoyev shaxsan kutib oldi. Ertaga ikkala davlat rahbarlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sammitida qatnashadi
4 avgust 2021, 17:44

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sammitida qatnashadi

5−6 avgust kunlari Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi. Prezidentlar mintaqaning rivojlanishi, energetika va transport sohasida hamkorlik, pandemiyaga qarshi kurash va boshqa masalalarni muhokama qilishadi.

O‘zbekiston TURKPAga a’zo bo‘lish to‘g‘risida qaror qabul qildi — OAV
23 iyun 2021, 11:21

O‘zbekiston TURKPAga a’zo bo‘lish to‘g‘risida qaror qabul qildi — OAV

Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasiga a’zo bo‘lish to‘g‘risida qaror qabul qilganligini ma’lum qildi.

Shvetsiyada O‘zbekiston elchixonasi ochiladi
14 aprel 2021, 22:34

Shvetsiyada O‘zbekiston elchixonasi ochiladi

Shvetsiyada O‘zbekistonning to‘laqonli diplomatik vakolatxonasi ochilishi kutilmoqda. Elchixonaning faoliyati Shvetsiya va boshqa Skandinaviya davlatlari bilan munosabatlarni rivojlantirishga qaratiladi. Shu o‘rinda, O‘zbekistonning Afinadagi diplomatik vakolatxonasi faoliyati tugatiladi.

O‘zbekiston va Vengriya ikki tomonlama munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga tayyor
30 mart 2021, 12:13

O‘zbekiston va Vengriya ikki tomonlama munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga tayyor

O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Vengriya bosh vaziri Viktor Orban prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muloqot o‘tkazdi. Tomonlar o‘zaro munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga tayyor ekanligini tasdiqladi.

Vengriya bosh vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
27 mart 2021, 09:31

Vengriya bosh vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban 30 mart kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Tashrif davomida mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va koronaivrus pandemiyasining oqibatlariga qarshi global kurash masalalari muhokama qilinadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting